«PSJ» sardori jarohat tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi
Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi sardori Markinyos chap sonidan olgan jarohati tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Ilya Zabarniyga raqobatchi bo‘lgan braziliyalik tajribali himoyachi tez orada reabilitasiya jarayonidan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda «PSJ» lazaretida Joau Nevesh, Dezire Due va Usmon Dembele davolanmoqda.
Joriy mavsumda 31 yoshli Markinyos «PSJ» safida barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/