«Chelsi» himoyachisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi

«Chelsi» markaziy himoyachisi Uesli Fofana jarohati sabab joriy mavsumning qolgan o‘yinlarida maydonga tushmaydi.

24 yoshli futbolchi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Tottenxem»ga qarshi o‘yin oldidan jarohat olgan edi. Endi ma’lum bo‘lishicha, jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi – Fofana mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano. Fransuzning tizza osti payini operasiya qilish kerak.

Uesli Fofana joriy mavsum «Chelsi» safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi – 14 ta o‘yinning barchasida u asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter