«Arsenal» darvozaboni qishdayoq A Seriyaga o‘tib ketishi mumkin
Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Ushbu ma’lumot TEAMtalk tomonidan e’lon qilindi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan yozda «Arsenal» bilan shartnoma imzolagan 30 yoshli ispaniyalik posbon yanvar oyidayoq Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Kepaning xizmatlariga shaxsan «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas qiziqish bildirmoqda.
Aytish kerakki, Kepa joriy mavsum Angliya Liga kubogida faqatgina bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Darvozabonning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini o‘n million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/