«Real» Kepani sotib olishga tayyor

Madridning “Real” klubi “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrizabalagani sotib olishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 10 million yevro to‘lashga tayyor. Eslatib o‘tamiz, Kepa hozirda “Los-Blankos”da ijara asosida o‘ynamoqda.

Avvalroq «Real» darvozabonni sotib olmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli darvozabon o‘tgan yozda «Real»ga o‘tgandi. Futbolchi “Los-Blankos” safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan sakkizta gol o‘tkazib yuborgan va beshta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter