Kepa: Nega men terma jamoada o‘ynamayapman? Murabbiydan so‘rang»

Madridning “Real” klubi darvozaboni Kepa Arrizabalaga nega Ispaniya terma jamoasi tarkibida maydonga tushmayapti, degan savolga javob bera olmadi.

«Nega men Ispaniya terma jamoasida o‘ynamayman? Men qattiq mashq qilaman. Terma jamoada o‘ynashni xohlardim. Nega o‘ynamayotganimni murabbiydan so‘rashingiz kerak. Tayyorman va o‘ynashni xohlayman», dedi Kepa Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Braga»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Kepa joriy mavsumda “Real” safida Londonning “Chelsi” klubidan ijara asosida o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter