Flik: «U hech qachon hafsalamni pir qilmaydi»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanot himoyachisi Jerar Martinning o‘yinini e’tirof etdi.
23 yoshli futbolchi 78-daqiqagacha o‘ynab, «ko‘k-anorranglilar»ga «Real Sosyedad»ni mag‘lub etishga yordam berdi (2:1).
«Martin hech qachon hafsalani pir qilmaydi, har doim maydonda borini beradi. U qanchalik ko‘p o‘ynasa, shunchalik yaxshi ishlaydi – ayniqsa, bu asosiy o‘yinlarga taalluqli. U ikki yil oldin ikkinchi jamoada o‘ynaganida o‘zini ko‘rsatgan edi. Juda mehnatkash va aqlli futbolchi,» – dedi Flik o‘yindan keyingi intervyusida.
Jerar Martin joriy mavsum «Barselona»ning 6 ta o‘yinida ishtirok etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/