«Barselona» Flik bilan kelishib olgan

Xans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi mehnat shartnomasini 2027 yilgacha imzolaydi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.

«Biz Flik bilan kelishuvga erishdik. Shartnoma 2027 yilgacha uzaytiriladi. Kelishuv hali rasmiylashtirilmagan, ammo Xans har doim o‘z so‘zida turadi», – deydi «Barselona» prezidenti.

Kataloniya grandi va Flik o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter