«Xetafe» ustozi: «Tarkibimizda faqat 1 ta hujumchi bor»

Ispaniyaning «Xetafe» klubi bosh murabbiyi Xose Bordalas «Levante»ga qarshi o‘yinda o‘z futbolchisidan g‘ayrioddiy tarzda foydalanganini tushuntirdi. Ispaniya chempionatining 7-tur uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.

Murabbiy o‘ng qanot himoyachisi Allan Nyomni hujum chizig‘iga qo‘ydi. O‘yindan so‘ng nima uchun shunday qilgani haqidagi savolga Bordalas quyidagicha javob berdi:

«Siz nima deb o‘ylaysiz? Bizda faqat bitta, ya’ni Borxa Mayoral timsolida yolg‘iz hujumchimiz bor. Menga bitta hujumchiga ega bo‘lgan boshqa professional jamoani ko‘rsating. Mayli, kutib turaman».

Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Xetafe» 11 ochko bilan chempionatda oltinchi o‘rinda bormoqda. «Levante» esa 5 ochko bilan o‘n oltinchi o‘rinni egallagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter