De Yong «Xetafe» futbolchilari va hakamni tanqid qildi

Frenki de Yong «Xetafe»ni «Barsa» bilan o‘yinni (0:0) kechiktirgani uchun tanqid qildi.

Uchrashuv bosh hakami Sezar Soto Grado birinchi bo‘limga 10 daqiqa, ikkinchi bo‘limga esa 9 daqiqa qo‘shib berdi.

«Biz yaxshiroq ishlashimiz kerak, lekin hakamlar ham. La Liga bularning barchasiga qarshi qoidalar ishlab chiqishi kerak.

Ikkinchi bo‘limga ular to‘qqiz daqiqa qo‘shishdi, bu juda ko‘pdek tuyuldi, ammo ikkinchi bo‘limda Xetafe 25 daqiqani behuda o‘tkazdi.

Bu ularning aybi. Uyat», – dedi «Barselona» yarim himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter