Flik «Barselona» darvozaboni Garsiyaning qo‘pol xatosi haqida gapirdi

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Real Ovyedo»ga qarshi o‘yinda (3:1) golli xatoga yo‘l qo‘ydi. Uchrashuvning 33-daqiqasida uzoq masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilgan Alberto Reynaga to‘pni darvozabon sovg‘a qildi. Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar uchta gol urib, vaziyatni o‘nglashdi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

– Garsiyaning xatosi? Biz uning shunday uslubda o‘ynashini istaymiz. Ba’zan shunday bo‘lishi mumkin. Joan – fantastik darvozabon, u mudofaa chizig‘imizni sug‘urta qiladi. Odatda, u bu vazifani a’lo darajada uddalaydi, ammo bugun xato qildi – raqib darhol jazoladi. Futbol shunaqa. Eng muhimi – biz javob gollarini urdik va g‘alaba qozondik,» – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Joan Garsiya «Barselona»ga yozda «Espanyol»dan ko‘chib o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter