«Barsa» shu hafta kutilgan transferni e’lon qiladi
«Espanyol» posboni Joan Garsiya «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi.
«Ko‘k-anorranglilar» Mark-Andre ter Shtegen bilan xayrlashishni rejalashtirgan – uning o‘rnini 24 yoshli ispaniyalik futbolchi egallashi kerak. Jurnalist Santi Ovalyening ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» La Liga tovon puli qo‘yishni ma’qullashi bilanoq Garsiya bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. Kelishuv shu haftada amalga oshishi mumkin. Futbolchining o‘zi, manbaga ko‘ra, allaqachon «Espanyol» muxlislari bilan xayrlashuv xatini tayyorlamoqda – darvozabon avval ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni o‘chirib qo‘yadi, chunki u muxlislarning reaksiyasi ijobiy bo‘lishi dargumonligini tushunadi.
Joan Garsiya transferi «Barsa»ga 25 mln yevroga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/