«Barselona» darvozaboni Garsiya «Rayo Valyekano» bilan o‘yindagi durang haqida fikr bildirdi
«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Biz g‘alaba qozonish niyatida kelganimiz aniq. G‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo o‘z o‘yinimdan mamnunman. Bittasidan tashqari barcha zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldim. Keyingi o‘yinlarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus oldidan 9 ochko to‘plash rejamizda bor edi – afsuski, bu amalga oshmadi. Ammo ketma-ket uchta safar o‘yinini boshlash haqiqatan ham oson emas,» – deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/