«Bavariya» «Real» va «Liverpul» nishonidagi yulduziga katta shartnoma taklif qiladi
«Bavariya»ning 23 yoshli hujumchisi Maykl Olise klubdan juda katta taklif olishi mumkin.
Liverpool Echo xabariga ko‘ra, «Bavariya» rahbariyati fransiyalik vingerning «Liverpul»ga ketish ehtimolini istisno qilish uchun unga yangi yirik shartnoma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Olise «Real»ning short-listida ham bor.
2024 yilning yozida «Bavariya» Oliseni «Kristal Pelas»dan 53 million yevroga sotib olgandi. Futbolchi mavsum oxirigacha – 2028/29 yillarga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda yettita o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/