Olisening «Bavariya»dagi maoshi ochiqlandi

«Bavariya» «Kristal Pelas» vingeri Maykl Oliseni sotib olishga tayyorlanmoqda.

Turli ishonchli manbalarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Jurnalist Kristian Falk «Bavariya»da fransiyalik futbolchi yiliga 13,5 million yevro ishlab oladi, deya xabar berdi. Ushbu transfer Bundesliga klubiga 65 million yevroga tushadi.

Maykl Olise jarohatlar tufayli Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida «Kristal Pelas»ning bor-yo‘g‘i 19 ta o‘yinida qatnasha oldi, ammo bu futbolchining ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmadi – o‘nta gol va oltita golli uzatma.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter