Dias Olisening «Bavariya»dagi o‘yinini baholadi
Myunxenning «Bavariya» klubi yangi a’zosi Luis Dias jamoadoshi – fransiyalik vinger Maykl Olise haqida fikr bildirdi.
«Maykl o‘yin uslubi bilan menga o‘xshaydi. U driblingdan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Olise ko‘p golli uzatmalarni amalga oshiradi va gol uradi. Jamoamizga mana shunday saviyadagi futbolchilar kerak. Men ular bilan birga o‘ynashdan faxrlanaman,» – deya kolumbiyalik hujumchining so‘zlarini keltiradi nemis grandi matbuot xizmati.
O‘tgan mavsumda 23 yoshli Olise Germaniya Bundesligasida 34 ta o‘yinda ishtirok etgan. U 12 ta gol va 15 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. «Bavariya» bilan birgalikda u Germaniya chempioni bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/