«Aston Villa» Chempionshipdan futbolchi olmoqchi

«Aston Villa» e’tiborini Chempionshipning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan «Lids» vingeri Krisensio Sammervilga qaratdi. Jurnalist Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Unai Emeri jamoasi futbolchini qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qiladi, ammo «Lids» mavsum o‘rtasida asosiy futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, yozda “Byornli” Sammervil uchun 25 million yevro taklif qilgan, biroq “Lids” sotishdan bosh tortgandi.

Joriy mavsumda Sammervil chempionshipning 20 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter