«Real» Xabi Alonso boshqaruvida juda yuqori g‘alaba foizini qayd etmoqda
Xabi Alonso boshchiligidagi «Real» 80 foizdan ko‘proq o‘yinda g‘alaba qozongan.
Madridliklar La Liganing 6-turida «Levante»ni (4:1) tor-mor etdi.
Bu «qaymoqranglilar»ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan jamoaga kelgan 43 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi 11-o‘yini bo‘ldi. «Real» ularda 9 ta g‘alabaga erishdi, shu jumladan joriy mavsumda ketma-ket 7 ta.
27 sentyabr kuni jamoani Madrid derbisi kutib turibdi. Uchrashuv «Atletiko» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/