Luis Enrike yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Luis Enrike France Football talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
«PSJ» bosh murabbiyiga Yoxan Kroyff nomidagi sovrin topshirildi. Bu haqda «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida ma’lum qilindi.
Ispaniyalik mutaxassis ovoz berishda Xans-Diter Flik («Barselona»), Enso Maresks («Chelsi») va Arne Slotni («Liverpul») ortda qoldirdi.
O‘tgan mavsumda Parij klubi Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/