«Manchester Siti» himoyachisi klub uchun yubiley o‘yinini o‘tkazdi
«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol Premyer-liga doirasidagi «Arsenal»ga (1:1) qarshi o‘yinda klub safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi.
Xorvat 2023 yilning yozida jamoaga qo‘shilgan. Debyut mavsumida 42 ta o‘yindan so‘ng, u o‘tgan mavsumda 55 ta o‘yin o‘tkazdi – bu tarkibdagi boshqalardan ko‘proq.
Gvardiol «Manchester Siti» safida aksariyat o‘yinlarni chap qanot himoyachisi sifatida o‘tkazgan. Bu unga hujumga sezilarli ta’sir ko‘rsatish imkonini berdi, shuning uchun u 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jamoa bilan birgalikda u Angliya chempionati, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Angliya Superkubogi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/