Gvardiola Gvardiolni maqtadi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoada debyut mavsumini o‘tkazayotgan himoyachi Yoshko Gvardiolni maqtadi. Yaqinda “Fulxem” bilan o‘yinda (4:0) xorvatiyalik futbolchi dubl qayd etdi.
Umuman olganda, 22 yoshli futbolchi so‘nggi yetti uchrashuvda beshta gol urdi.
«Gvardiol bu yerga ko‘p yillar oldin kelgandek va u bu yerda o‘zini ko‘rsatishi mumkinligini allaqachon isbotlagan. Shuni unutmasligimiz kerakki, Yoshko Premyer-ligadagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda, u juda yosh. Bunday sharoitda o‘zingizni ko‘rsatish oson emas. U trebl yutgan jamoaga keldi.
U bor e’tiborini futbolga e’tibor qaratgan, u yanada yaxshiroq bo‘lishni xohlaydi. Bunday yondashuv bilan siz o‘zgacha narsaga erishishingiz mumkin», – dedi Gvardiola.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/