De Yong: «Bosqichma-bosqich olg‘a boramiz»

«Barselona» futbolchisi Frenki de Yong jamoasining joriy Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari Angliyada “Nyukasl”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnirni kuchli boshlashdi.

«O‘ylaymanki, umumiy bosqich qiziqarli bo‘ladi – biz turli raqiblarga duch kelamiz va hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Avvaliga kuchli sakkizlikdan joy olishimiz kerak, keyin esa bosqichma-bosqich olg‘a boramiz», – dedi de Yong o‘yindan keyingi intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter