De Yong «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi faoliyatini davom ettirmoqchi.
Niderlandiyalikning amaldagi kelishuvi 2026 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Xavbek uzoq vaqt davomida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan bosh tortdi, shuning uchun matbuotda Kataloniya grandi futbolchini sotishga tayyorligi haqida muntazam ravishda mish-mishlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Pol Ballusning xabar berishicha, de Yong «Barselona»da qolishga qaror qilgan va klub bilan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon olib borilmoqda.
Frenki de Yong joriy mavsum «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. May oyida futbolchi 28 yoshga to‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/