Fermin Ispaniya termasiga chaqirilishi kutilmoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes allaqachon terma jamoa murabbiyi e’tiborini o‘ziga tortgan.
Relevo xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi De La Fuente noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlarida Fermin Lopesni terma jamoaga taklif qilishni o‘ylab ko‘rmoqda.
20 yoshli Fermin joriy mavsumda kataloniyaliklarning 8 ta o‘yinida 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/