Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rabyoga nisbatan hushtakbozliklar haqida fikr bildirdi

Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten muxlislar tomonidan Adriyen Rabyoga nisbatan hushtakbozliklarga hayron bo‘lmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rabyo yaqinda jamoadoshi Jonatan Rou bilan mushtlashib ketgani uchun «Marsel» tomonidan transferga qo‘yilgan edi.

«Uning xarakteri va butun karyerasini ko‘rib, bu yigit terma jamoa o‘yinlaridagi hushtakbozliklarga xafa bo‘lmasligi kerak», — deya Rotenning so‘zlarini RMC Sport keltiradi.

Mutaxassisning fikricha, agar Rabio o‘zini hurmat qilishlarini istasa, u ham atrofdagilarni hurmat qilishi zarur. Shuningdek, Rotenning ta’kidlashicha, agar Rabyo haligacha aniq izoh bermagan bo‘lsa, bu uning aybi borligini anglatadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter