«Marsel» futbolchilari Rabyoning jamoada qolishini istashmoqda

«Marsel» futbolchilari Adriyen Rabyoning jamoaga qaytishini istamoqda.

Rabyo va Jonatan Rou Liga 1 mavsumining birinchi turida «Renn»ga (0:1) qarshi o‘yinda jamoaning kiyinish xonasida janjallashib qolganidan keyin transferga qo‘yildi. Keyinchalik Rou 19,5 mln yevro evaziga «Bolonya»ga o‘tdi.

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Rabyo bilan ziddiyatni hal qilishga tayyorligini aytdi: «Hammasi o‘z iziga tushishi ehtimoli bor. Adriyen yaxshi inson, iqtisodiy tarkibiy qism haqida gapirganlar yolg‘on gapiradi, muammoni hal qilish uchun hamma narsaga tayyorman».

TF1 xabariga ko‘ra, «Marsel» rahbariyati De Dzerbining Rabyoni jamoadan chetlatish bo‘yicha pozisiyasini o‘zgartirishini kutmagan. Bundan tashqari, fransuz klubi futbolchilari yarim himoyachini qaytarish tarafdori, chunki Adriyen jamoada o‘z obro‘sini saqlab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter