«Inter» va Italiya terma jamoasi sobiq xavbeki A Seriya klubiga o‘tdi

«Inter» klubi va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Roberto Galyardini «Verona» bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

31 yoshli futbolchi iyul oyida «Monsa»ni tark etganidan keyin erkin agentga aylangandi. O‘tgan mavsumda Galyardini sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli A Seriyada atigi 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Roberto faoliyatini «Atalanta» akademiyasida boshlagan, «Inter»da o‘ynagan, u yerda Italiya chempionati, ikkita mamlakat kubogi va ikkita Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Italiya U-20, U-21 va kattalar terma jamoasida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter