«Roma» yangi himoyachi transferini e’lon qildi

«Roma» «Verona» markaziy himoyachisi Daniele Gilardi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Italiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi «bo‘rilar» besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Italiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining transferi rimliklarga bonuslarni hisobga olmaganda 10,5 mln yevroga tushgan. Yangi klubida Gilardi 87-raqamni tanladi.

Bu yil 22 yoshga to‘lgan futbolchi A Seriyaning o‘tgan mavsumida «Verona»ning asosiy markaziy himoyachisiga aylandi.

Italiya chempionatining navbatdagi mavsumi 23 avgust kuni start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter