«Real TV» yana La Ligadagi hakamlikni yomonlab chiqdi

Madridning «Real» klubi telekanali La Ligadagi hakamlik darajasiga bag‘ishlangan yangi statistik material tayyorladi. Bu haqda Madrid Universal xabar bermoqda.

Bu safar asosiy e’tibor penalti yoki ofsaydlarga emas, sariq kartochka va follarga qaratilmoqda.

«Raqib ogohlantirilishi uchun «Barselona»ga 3,4 marta, «Real»ga esa 13,4 marta qo‘pollik qilish kerak», – deyiladi tadqiqot natijalarida.

Yana bir savol sariq kartochka olish uchun jamoa qancha fol ishlatishi kerakligi haqida.

«11 – «Barselona»da. 7,3 – «Real»da».

Kanalning ta’kidlashicha, o‘tgan mavsumda kuzatilgan bu kabi statistik anomaliyalar bu mavsumda ham asta-sekin namoyon bo‘la boshladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter