De Rossi: «4:0 hisobida oldinda borayotganingda sariq kartochka olish – ahmoqlik»
«Roma» bosh murabbiyi Daniele De Rossi «Kalyari» bilan Italiya chempionatining 23-tur uchrashuvida (4:0) sariq kartochka olgan argentinalik Leandro Paredesni tanqid qildi.
«Eshiting, menga o‘yinchilar o‘z jamoadoshlarini himoya qilishga harakat qilishlari yoqadi, ammo 4:0 hisobida oldinda bo‘lganida ular aqlli bo‘lishlari kerak. Biz bu xatti-harakatni to‘xtatishimiz kerak, chunki hisob 4:0 bo‘lganida sariq kartochka olish haqiqatan ham ahmoqlik. Biz bu futbolchilarning birortasini ham yo‘qotishga dosh bera olmaymiz», – dedi De Rossi Football Italia bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Paredes «Kalyari» yarim himoyachisi Naitan Nandes bilan to‘qnash kelgani uchun sariq kartochka olgan edi.
Ayni damda «Roma» 38 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/