«Al-Ittihod» 20 million yevrolik transfer amalga oshirishga yaqin turibdi

Belgiyaning «Anderlext» klubi markaziy himoyachisi Yan-Karlo Simich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, «Al-Ittihod» 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Simich hozirda Transfermarkt portalida 8 million yevroga baholanmoqda. Uning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter