«Al-Ittihod»dan haydalgan murabbiy APLda ish boshlashga yaqin turibdi
Portugaliyalik murabbiy Nunu Eshpiritu Santu yaqin kunlarda «Nottingem Forest»ni boshqarish uchun Angliyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida yozdi.
«Nunu Eshpiritu Santu «Nottingem Forest» klubining yangi bosh murabbiyi bo‘lish uchun shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan Angliyaga safar qilmoqda. Kelishuv muqarrar, agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, u Stiv Kuperni almashtiradi», – deb post qoldirdi Fabrisio o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Portugaliyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bo‘lgandi. U o‘tgan yilning kuzida yomon natijalar tufayli klubni tark etgan. Angliyada mutaxassis avvalroq “Vulverxempton” va “Tottenxem” klublarida ishlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/