«Chelsi» yangi xaridni amalga oshirishga yaqin turibdi

Liam Delap «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turibdi.

«Ipsvich» hujumchisi London klubi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Sky Sport nashri. «Ko‘klar» 30 million funt sterling tovon pulini faollashtirishga yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, bu kelishuv Yugo Ekitikening «Ayntraxt»dan ehtimoliy transferiga ta’sir qilmaydi. «Ko‘klar» hali ham 22 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Delap Premyer-liganing so‘nggi mavsumida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter