Pioli: «Skudetto meni o‘zgartirmadi»

Yozda «An-Nasr»ni tark etib, vatani Italiyaga qaytgan va «Fiorentina» boshqaruviga tayinlangan Stefano Pioli 2022 yilgi mavsumda «Milan» bilan qo‘lga kiritilgan Skudetto unga qayday ta’sir qilganini aytdi.

«O‘sha g‘alaba meni o‘zgartirmadi, garchi tashqaridan kimgadir boshqacha ko‘rinishi mumkin edi. G‘alaba qozonganingda va bu qadrlanganida, bu yoqimli tuyg‘u, chunki «Milan» uzoq vaqtdan beri g‘alaba qozonmagan edi. Biroq, faqat g‘olib bo‘lgan murabbiyni g‘olib deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lardi. Chempionatda g‘alaba qozonmasang ham, umidlarni oqlasang – bu ham g‘alabadir,» – dedi Pioli.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter