Pioli: «Leau shov-shuvli gol urdi»

“Milan” A Seriyaning yigirma oltinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi, Stefano Pioli shogirdlari “Atalanta” bilan durang o‘ynadi. O‘yinning uchinchi daqiqasidayoq portugaliyalik hujumchi Rafayel Leau raqib himoyasini yorib, uzoq burchakka kuchli zarba yo‘lladi. Pioli golni maqtadi.

«Gol sensasion bo‘ldi. U yaxshi o‘ynadi, hamma buni sezdi. Rafa har doim shunday bo‘lishi uchun hamma narsaga ega. U shunday futbolchi bo‘lib qolishga intilishi kerak», – deb Pioli so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Chempionatning navbatdagi turida “Milan” “Lasio”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter