Pioli: «Yuventus» – favorit»

«Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli «Yuventus»ni chempionlik uchun favorit deb atadi.

Mutaxassisning fikricha, yevrokuboklarda o‘ynamaslik «keksa sinyora»ga joriy mavsumda qo‘shimcha ustunlik beradi.

«Chempionlik uchun to‘rtta jamoa kurashmoqda, ammo «Yuventus» Skudetto uchun favorit. Yevrokuboklarda o‘ynamaslik qo‘shimcha ustunlik beradi”, dedi Pioli matbuot anjumanida.

Joriy Italiya chempionatining olti turidan so‘ng, «Milan» uchinchi «Yuventus»dan ikki ochko oldinda, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning amaldagi g‘olibi “Napoli” hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter