Estevao: «Terma jamoadagi birinchi golim hayajonli bo‘ldi»
Hujumkor yarim himoyachi Estevao Braziliya terma jamoasidagi debyut golini izohladi.
Futbolchi JCH-2026 saralash bahsida Chili darvozasiga gol urdi.
«Braziliya terma jamoasidagi birinchi golim hayajonli bo‘ldi.
Bu mening bolalikdagi orzum edi, endi esa bu ushaldi. Golni oilamga bag‘ishlamoqchiman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun doim qo‘limdan kelganini qilishga harakat qilaman», – dedi 18 yoshli futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/