Chili terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Eduardo Berisso terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi.

54 yoshli argentinalik mutaxassis o‘z qarorini JCH-2026 saralashi doirasidagi Paragvayga qarshi o‘yindan so‘ng ma’lum qildi. O‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Berisso 2022 yilning may oyidan buyon Chili terma jamoasi boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Ushbu mutaxassis boshchiligida terma jamoa 16 uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta g‘alabaga erishgan, besh marta durang o‘ynagan va yetti marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Beshta o‘yindan keyin Chili turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter