Estevao: «Tyago Silva menga «Chelsi» yoqib qolishini aytdi»
«Chelsi»ning yangi a’zosi Estevao Villian Tyago Silva bilan bo‘lgan suhbatni esladi.
Braziliyalik himoyachi 2020-2024 yillar davomida «ko‘klar» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, uning yosh hamyurti yozda jamoaga kelib qo‘shildi.
«Chelsi» bilan shartnoma imzolaganimdan so‘ng, Tyago Silva 2024 yil oxiridagi o‘yinlardan birining yakunida yonimga keldi. Biz suhbatlashdik va u menga «Chelsi» yoqib qolishini aytdi. Endi bu qanchalik ajoyib klub ekanini o‘zim ko‘rib turibman,» – deya 18 yoshli vingerning so‘zlarini keltiradi London grandi matbuot xizmati.
Estevao o‘z vatanida «Palmeyras» safida o‘ynagan. Tyago Silva «Fluminense» sharafini himoya qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/