De Laurentis modelyerga ta’ziya bildirdi
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis dunyoga mashhur italiyalik modelyer Jorjio Armani o‘limiga munosabat bildirdi.
«Do‘stim Jorjio Armani vafot etganini katta qayg‘u bilan kutib oldim. Oilam va butun «Napoli» futbol klubi nomidan uning oila a’zolariga hamdardlik bildiraman», – deb yozdi De Laurentis shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/