«Napoli» xo‘jayini Kvarasxeliya borasida yakuniy qarorga keldi

«Napoli» xo‘jayini Aurelio de Laurentis jamoaning gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliyaning rejalari haqida qaror qabul qildi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, de Laurentis klub yetakchilaridan birini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Fransiyaning «PSJ» klubi futbolchisiga faol qiziqish bildirayotgan bir paytda prezident Kvarasxeliyaga yangi mehnat shartnomasi taklif qilmoqchi.

Oldinroq parijliklar Xvicha bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgani, ammo yakuniy so‘z neapolliklarda qolgani haqida xabar berilgandi. Kvarasxeliya va «Napoli» o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning yozigacha hisoblangan.

Transfermarkt portali gruziyalik futbolchining narxini 80 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter