Syorlot «Atletiko»dagi kelajagi haqida fikr bildird
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Menga ko‘plab klublar qiziqish bildirishdi, ammo men har doim faoliyatimni «Atletiko»da davom ettirishni xohlayotganimni aniq bildirganman. Mish-mishlar men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Men xafa emasman… Har qanday o‘yinchi bu bilan yashashi kerak. Har doim bunday xabarlar bo‘ladi», – dedi 29 yoshli norvegiyalik forvard.
Serlotning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/