Ukraina terma jamoasi hujumchisi «Jirona»ga o‘tdi

Kiyevning «Dinamo» klubi markaziy hujumchisi Vladislas Vanat «Jirona»ga o‘tdi. Bu haqda ispan klubi rasmiy sahifasi xabar berdi.

22 yoshli ukrainalikning «Jirona» bilan shartnomasi 5 mavsumga mo‘ljallangan.

Avvalroq matbuotda Vladislav Vanatning transferi uchun «Jirona» Ukraina klubiga 15 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Vanat Ukraina terma jamoasi safida 11 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda hujumchi o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter