Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi tanaffusda futbolchilarga nima dedi?

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Slovakiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda tanaffus vaqtida jamoa bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirdi.

«Men baqirmadim. Ikkinchi bo‘limda biz reaksiya bildirishimiz kerak edi. Biz yetarlicha bosim o‘tkazmadik. Bu bizning imkoniyatimiz ekanini bilardik va men ham shunday dedim: hisob haqida qayg‘urmang va shunchaki o‘ynang», – deya Rebrovning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

17 daqiqada Slovakiya terma jamoasi hujumchisi Ivan Shrans hisobni ochdi. 54-daqiqada yarim himoyachi Nikolay Shaparenko Ukraina terma jamoasining javob golini kiritdi. 80-daqiqada hujumchi Roman Yaremchuk Ukraina termasini oldinga olib chiqdi – 2:1.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter