Pavar Fransiya terma jamoasi qaydnomasida jarohat olgan Salibaning o‘rnini egalladi

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba sentyabr oyidagi o‘yinlarda Fransiya terma jamoasiga yordam bermaydi.

24 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liga doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yin boshidayoq jarohat olib, 5-daqiqada zaxiraga olingandi. Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «uch ranglilar» Salibani qaydnomadan chiqarishga majbur bo‘ldi – uning o‘rnini Milanning «Inter» klubi a’zosi Benjamen Pavar egalladi.

Qayd etilishicha, «kanonirlar» vakilida to‘piq bo‘g‘imi paylarining cho‘zilishi aniqlangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter