«Milan»ning mag‘lubiyatiga Leauning yo‘qligi sabab bo‘ldimi?

«Milan» futbolchisi Aleksis Salemakers A Seriya 1-turidan o‘rin olgan «Kremoneze»ga (1:2) qarshi o‘yinda Rafael Leauning yo‘qligi mag‘lubiyatga asosiy sabab bo‘ldimi, degan savolga javob berdi.

Portugaliyalik vinger jarohati tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordi. «Rossonerilar» kutilmaganda o‘z uyida yuqori divizionning yangi vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

«Leau yetishmadimi? Rafa – fantastik o‘yinchi, u hatto markaziy hujumchi pozisiyasida ham juda foydali. Ammo Ximenesga ham ishonamiz, shuning uchun ularning qaysi biri maydonga tushishi muhim emas. Bizda ahil jamoa bor,» – dedi Salemakers matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter