«Milan» futbolchisining transferi detallariga oydinlik kiritildi

Aleksis Salemakers «Milan»dan «Bolonya»ga o‘tadi.

Oldinroq «rossonerilar» 24 yoshli vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishi ma’lum bo‘lgandi. Futbolchi allaqachon transferga rozi bo‘lgan.

Fabrisio Romanoning fikricha, futbolchining ijarasi «Bolonya»ga 500 ming yevro, to‘liq transferi esa 10 million yevroga tushadi.

O‘tgan mavsum A Seriyada Salemakers 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter