Di Livio: «Leau Ronaldudan kuchliroq bo‘lishi mumkin, lekin u hech narsani ko‘rsatmayapti»

Turinning «Yuventus» klubi sobiq yarim himoyachisi Anjelo Di Livio Rafael Leauning o‘yiniga izoh berdi.

– Menimcha, uning ba’zi jamoadoshlariga Leauning ishiga munosabati unchalik yoqmaydi. U juda kuchli o‘yinchi bo‘lishi mumkin, ehtimol, hatto Krishtianu Ronaldudan ham kuchli, ammo hech narsani ko‘rsatmaydi,» – deya Di Livio so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Leau 2019 yildan beri «Milan»da o‘ynamoqda, avvalroq u «Sporting» va «Lill»da o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter