A Seriya. «Milan» sensasion tarzda o‘z maydonida «Kremoneze»ga yutqazib qo‘ydi
«Milan» o‘z maydonida Italiya chempionatining 1-turida «Kremoneze»ga yutqazib qo‘ydi – 1:2.
Mehmonlarning gollariga 28-daqiqada himoyachi Federiko Bashirotto, 61-daqiqada esa hujumchi Federiko Bonasolli mualliflik qildi. «Milan» hisobida yagona gol 45+1-daqiqada himoyachi Straxinya Pavlovich hisobiga yozildi.
«Milan» keyingi turda «Lechche» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. «Kremoneze» shu kuni o‘z maydonida «Sassuolo»ga qarshi bahs olib boradi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/