La liga. “Atletiko” o‘z maydonida “Almeriya”ni mag‘lub etdi

Ispaniya La Ligasining 16-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Atletiko” o‘z maydonida “Almeriya”ni mag‘lub etdi – 2:1.

Madridliklar Alvaro Morata (17-daqiqa) va Anxel Korrea (22-daqiqa) tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi.

Mehmonlarning yagona goli 62-daqiqada Leo Baptistao tomonidan kiritildi.

«Atletiko» (34 ochko) La Ligada uchinchi o‘rinda bormoqda. «Almeriya» 16 turdan beri biror marta ham g‘alaba qozona olmadi va turnir jadvalini oxirgi o‘rinda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter