Allegri A Seriya favoritlarini sanadi
«Milan» ustozi Massimiliano Allegri A Seriya boshlanayotgan mavsumida chempionlik uchun favoritlarni sanab o‘tdi.
«Avvalgi chempionatda g‘olib bo‘lgan jamoa odatda yangi mavsumning favoriti hisoblanadi. «Inter», «Roma», «Fiorentina», «Yuventus» – bularning barchasi juda kuchli klublar. Dastlabki to‘rtta o‘rin uchun ko‘plab da’vogarlar bor – ular orasida biz ham bormiz,» – deya Allegrining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/